#talaba_yutuqlari
🤺Joriy yilning 15-17 noyabr kunlari Toshkentda qilichbozlik boʻyicha Jahon kubogi doirasida 20 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil-qizlar oʻrtasida jamoaviy bahslar boʻlib oʻtdi.
Unda 9 davlat – Oʻzbekiston, Bolgariya, Vengriya, Gonkong, Xitoy, Qozogʻiston, Ruminiya, Turkiya va Polshadan terma jamoalar ishtirok etdi.
Ayollar oʻrtasida yurtimiz sharafini himoya qilgan, Ayakoz Jumamuratova, Guliston Perdibvayeva, Toʻlqinay Bekbaulievalardan iborat Oʻzbekiston terma jamoasi musobaqa qahramonlariga aylanishdi.
Final bosqichiga qadar yetib kelgan sportchi qizlarimiz yakuniy uchrashuvda yaqqol ustunlikka ega boʻlgan Bolgariya terma jamoasini 45:31 hisobida magʻlub etdi va jahon Kubogini qoʻlga kiritdi.
Quvonarlisi, ushbu terma jamoa aʼzosi hisoblangan Samira Shakirova Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining qilichbozlik yoʻnalishi talabasi boʻlib, terma jamoamiz uchun muhim ballarni qoʻlga kiritishda oʻz hissasini qoʻshdi.