2021 yil 25-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Kurash fakulteti tashabbusi bilan universitet mahalla hamkorligi doirasida universitetda talabalar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan ota-onalarni tanishtirish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda Kurash fakulteti dekani Z.S.Artiqov, Chirchiq shahar hokimining o‘rinbosari – mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i S.M.Fayziyeva, universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i S.Risboyev, mahalla faollari, ota-onalar hamda talabalar ishtirok etishdi.
Tadbirni Kurash fakulteti dekani Z.S.Artiqov ochib berib, universitetda taʼlim jarayonida amalga oshirilayotgan ishlar bilan ishtirokchilarni tanishtirdi.
Chirchiq shahar hokimining o‘rinbosari – mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i S.M.Fayziyeva so‘zga chiqib, universitet atrofida joylashgan mahallarda talabalarni yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha o‘z fikrlarini bayon etdi.
Shundan so‘ng, universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Sohibjon Risboyev so‘zga chiqib, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida tadbir ishtirokchilariga maʼlumot berdi hamda korrupsiyaga qarshi kurash sohasida qabul qilingan qonun va qonun osti huquqiy meʼyoriy hujjatlar bilan qisqacha tanishtirdi.
Shuningdek, ota-onalar o‘zlarini qiziqtirgan turli masalalar bo‘yicha muzokaraga chiqdilar va savol-javoblar orqali fikr-mulohazalarini bildirdilar. Mahalla faollari va ota-onalarga universitet tomonidan tashakkurnomalar hamda esdalik sovg'alar berildi.
Tadbir ikkinchi qismida sanʼatkorlar va talabalar jamoasi o‘zining badiiy chiqishlarini namoyish etdilar.
Tadbir davomida "Yashil makon" umummilliy tadbiri doirasida ko‘chatlar ekildi. Mehmonlar murabbiylar hamda talabalar tomonidan Kurash zalida tashkil qilingan ko‘rgazmali amaliy mashg‘ulotni tomosha qilishdi hamda talabalar turar joyida talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.