#besh_tashabbus_olimpiadasi
🏐Bugun, 30-oktabr kuni universitetning Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi hamda Sport klubi hamkorligida sportning VOLEYBOL va STRITBOL turlari boʻyicha 🖐“Besh tashabbus olimpiadasi”ning ikkinchi kafedralararo Universitet bosqichi musobaqasi boshlandi.
✔️Dastlab, musobaqaning ochilish marosimi tashkil etilib, unda kafedra mudirlari, Sport klubi masʼullari, professor-oʻqituvchilar, tyutorlar va ishtirokchi jamoalar qatnashdi. Marosimda soʻz olganlar talabalar oʻrtasida oʻtkazilayotgan mazkur musobaqalar sport turlari boʻyicha universitet terma jamoasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishini alohida qayd etib, ishtirokchilarga omad tilashdi.
⏩Shundan soʻng ikkala sport turlari boʻyicha bellashuvlarga start berildi va jamoalar shiddatli bahslarga kirishishdi.