#tashrif #xalqaro_hamkorlik
Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Turkiyaning ikki nufuzli universitetlari – Igdir universiteti rektori, professor Mehmet Hakki Alma hamda Osmaniya Kurkut Ata universitet rektori, professor Uzun Turgaydan iborat delegatsiyani qabul qildi.
Dastlab, delegatsiya aʼzolari hamda rektor Rashid Matkarimov boshchiligidagi universitet jamoasi, Sport vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Muqim Arziqulov, Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda jismoniy tarbiya va sport sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma loyihalar ishlab chiqish, o‘zaro tajriba almashish, professor-o‘qituvchilar va talabalarning akademik almashinuvi, shuningdek, Erasmus + dasturiga kirish yuzasidan fikrlar bildirildi hamda universitetlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumlari imzolandi. Undan tashqari mazkur ikki xorijiy universitet bilan Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar insituti ham xalqaro aloqlarni o‘rnatdi.
Yakunda tomonlar bir-biriga esdalik sovg‘alarini ulashib, faxriy mehmonlar universitet rektori boshchiligida oliygohdagi mavjud sport inshootlari, ilmiy laboratoriya faoliyati va o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.