💬Germaniyada Butunjahon yozgi Universiada oʻyinlari qizg‘in davom etmoqda.
💬Univiersiada doirasida badiiy gimnastika sport turi bo'yicha sportchimiz, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi Taxmina Ikromova bugun yakkalik koʻpkurash bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, kumush medalni qoʻlga kiritdi.
💬Taxmina Ikromovaning mazkur yutug‘i nafaqat uning shaxsiy zafari, balki tengdoshlari va yosh avlod uchun faxr va ilhom manbai sanaladi. Uning jahon arenasida qo‘lga kiritgan bu muvaffaqiyati yurtimiz sportchilarini yanada ulkan marralarni ko‘zlashga, baland maqsadlar sari intilishga ruhlantiradi.
🟡Taxmina Ikromovani ushbu sharafli yutug‘i bilan universitet jamoasi nomidan samimiy tabriklaymiz! Unga kelgusida ham yangi zafar va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.