#sportda_dual_ta’lim
Joriy yilning 27-sentabr sanasida Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Boks nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda markaz mas’ullari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda kafedra bilan markaz o‘rtasida o‘quv mashg‘ulotlari, ilmiy-uslubiy va innovatsion texnologiyalar asosida boks sport turini yanada takomillashtirish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Ahamiyatlisi, ushbu hamkorlik o‘z oldiga kelgusida boks sport turini yanada rivojlantirish, yuqori mahoratli sportchilar ba kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, shuningdek, xalqaro aloqalarni mustahkamlash va o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini birgalikda ilmiy asosda tashkil qilishni maqsad qilgan.