#o‘quv_seminari
Ayni vaqtda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida xitoylik olim, Shandong sport universiteti doktori Xu Xiangqian tomonidan turli sport turlari bo‘yicha talabalar uchun o‘quv-mashg‘ulot jarayonlarini olib borilmoqda.
Jumladan, joriy yilning 27-sentabr kuni xitoylik mutaxassis hamda universitetning Tennis, badminton, stol tennisi nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-o‘qituvchilari, murabbiylar va talabalari ishtirokida o‘quv seminar tashkil etildi. Unda mutaxassis tomonidan kafedra tarkibidagi sport turlarining nazariy jihatlari, ya’ni mazkur sport turlarida belgilangan qonun-qoidalar va ularni to‘g‘ri qo‘llay olish ko‘nikmalari ochib berildi.
Shuningdek, o‘quv seminar davomida berilgan nazariy bilimlar asosida amaliy mashg‘ulot jarayonlari bo‘lib o‘tdi. Bu esa, o‘z o‘zidan talabalarning ham nazariy ham amaliy mahoratlari oshishiga xizmat qildi.