⚡️ Bugun Universitet rektori Rashid Matkarimov va O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi Bosh kotibi Kamoliddin Ro‘zimuhammedov o‘rtasida “Yugur – talaba” loyihasi boʻyicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
✅ Dastlab universitet rektori R.Matkarimov tomonidan yurtimizda jismoniy tarbiya va sport ishlari bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida atroflicha to‘xtalib o‘tib, talabalarni ommaviy tarzda yugurish sport turi bilan muntazam ravishda shug‘ullanishlari uchun tizim yaratish, kundalik energiya sarfini yugurish orqali to‘g‘ri taqsimlash, , uyali aloqa vositalariga bog‘lanib qolishini oldini olish, talaba-yoshlarni sog‘lom hayotga targ‘ib qilish, ularni doimiy sport bilan shug‘ullanishida ushbu loyihaning ahamiyati xususida to‘xtalib o‘tdi.
✅ Shundan so‘ng O‘zbekiston Yengil atletika federatsiyasi Bosh Kotibi K.Ro‘zimuhammedov so‘zga chiqib, bugungi kunda davlatimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar jismoniy tarbiya va sport sohasida erishilayotgan natijalarda aks etayotgani, agarda “Yugur – talaba” («Run-student») loyihasi ishga tushadigan bo‘lsa kelgusida yirik sport musobaqalariga tayyorgarlik vazifasini o‘tab berishi to‘g'risida hamda ushbu loyihaning ahamiyati haqida gapirib loyihaning maqsad va vazifalari to‘g‘risida atroflicha maʼlumotlar berib o‘tdi.
✅ Uchrashuv yakunida tomonlar talaba-yoshlarni sog‘lom hayotga targ‘ib qilish, ularning doimiy sport bilan shug‘ullanishi uchun “Yugur – talaba” («Run-student») loyihasi konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro kelishib oldilar.