📌9-iyul kuni universitetga O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirining o‘rinbosari Davronjon Adilov tashrif buyurib, 2025-yilda O‘zbekiston mezbonlik qiladigan yoshlar o‘rtasidagi IV yozgi Osiyo o‘yinlari musobaqalari o‘tkaziladigan universitetdagi mavjud infratuzilmalar quvvatini tahlil qilish asosida Osiyo o‘yinlari o‘tkaziladigan sport inshootlari va boshqa obyektlarni OOK va xalqaro sport federatsiyalari talablariga moslik holatini o‘rgandi.
✅O‘rganishlar natijasida, mavjud inshootlarni puxta va sifatli ta'mirlash, ularni zarur bo‘ladigan sport, tibbiy, texnik va boshqa jihozlar bilan ta’minlash yuzasidan lozim bo‘ladigan texnik loyiha hujjatlarini tayyorlash hamda binolarni o‘z vaqtida musobaqalarga tayyorlash bo‘yicha mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.