#qabul2024
‼️Diqqat Diqqat Diqqat‼️
Qadrli abituriyentlar, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitiga 2024/2025-o‘quv yilida quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining kunduzgi va sirtqi ta’lim shakliga talabalar qabul qilinadi:
✅61010200 - Sport faoliyati (basketbol, boks, voleybol, velosport, gimnastika, suzish, yengil atletika, gandbol, qilichbozlik, og‘ir atletika, eshkak eshish, tennis, futbol, badiiy gimnastika, dzyu-do, erkin kurash, belbogʻli kurash, taekvondo WT, sambo, kurash, sinxron suzish, badminton, yunon-rim kurashi, ot sporti, triatlon, biatlon, xokkey, regbi, shaxmat, karate WKF, togʻ changʻisi, stol tennisi, figurali uchish, chim ustida xokkey, kik-boks, mini-futbol, kamondan otish, muay tay, kibersport, suv polosi, akademik eshkak eshish, zamonaviy besh kurash, bodybuilding va fitnes, snovbord, qoʻl jangi, ayollar kurashi) kunduzgi va sirtqi ta’lim yoʻnalishlariga.
✅61010300 - Adaptiv jismoniy tarbiya va sport kunduzgi ta’lim yoʻnalishiga.
📌Shuningdek, 2024/2025-o‘quv yilida kunduzgi ta’lim shaklida quyidagi magistratura mutaxassisliklariga talabalar qabul qilinadi:
✔️71010202 - Ommaviy sportni rivojlantirish va sportni targ‘ib qilish;
✔️71010203 - Jismoniy tarbiya va sport menejmenti, sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarish;
✔️71010301 - Adaptiv jismoniy tarbiya va sport.
📍Eslatma, abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish https://my.uzbmb.uz veb sayti orqali ONLAYN tartibda bugun, 25-iyun kuni soat 23:59 ga qadar davom etadi.
📝Abituriyentlardan talab etiladigan hujjatlar ro‘yxati:
1. Pasport (asl nusxasi);
2. Attestat yoki diplom (asl nusxasi ilovasi bilan);
3. Tegishli sport turidan razryadi “ERP sport” yagona elektron boshqaruv tizimiga kiritilgan bo‘lishi shart.