#Qaror_va_ijro
Xotin-qizlari ilm-maʼrifatli yurtning kelajagi ham buyukdir
Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan, ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollar oliy taʼlim olishlarini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan. Mazkur nizomda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda davlat oliy taʼlim muassasalari tomonidan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorini to‘lab berish maqsadida talabgorlarni tanlab olish mezonlari, shartlari va shu maqsadda mahalliy hokimliklar huzurida tashkil etilayotgan komissiyalar faoliyati, tanlangan 100 nafar talabgorlarga to‘lov-kontrakt miqdorini to‘lab berish tartibi o‘z aksini topgan.
Qarorga ko‘ra, mazkur tartib 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab joriy qilindi. Xo‘sh, bu borada oliy taʼlim muassasalarida qanday ishlar amalga oshirilmoqda? Qaror ijrosi doirasidagi ishlar bilan tanishish maqsadida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti vakillariga yuzlandik.
Batafsil: https://www.uza.uz/uz/posts/hotin-qizlari-ilm-marifatli-yurtning-kelazhagi-ham-buyukdir_315307
https://t.me/uzdjtsu_rasmiy