#xalqaro_hamkorlik
✈️Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti prorektori Baxrom Musayev boshchiligidagi delegatsiyamiz vakillari sport sohasidagi horijiy yutuq va tajribalarni o‘rganish hamda uni universitet faoliyatiga joriy qilish maqsadida Turkiya davlatida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
📌Delegatsiya vakillari kecha Turkiyaning Konya shahrida joylashgan ko‘p tarmoqli Selchuk universitetiga tashrif buyurishdi. Vakillarimizni Selchuk universiteti Sport bilimlari fakulteti dekani professor Metin Shahin boshchiligidagi universitet jamoasi kutib olishdi.
📍Shundan so‘ng vakillarimiz universitetning Xalqaro masalalar bo‘yicha prorektori professor Emrullah Eken bilan uchrashib, ikki tomonlama hamkorlik aloqalari yanada rivojlantirish, hamkorlik asosida jismoniy tarbiya va sport sohasida qo‘shma loyihalar ishlab chiqish hamda professor-o‘qituvchilar va talalabalarning akademik almashinuvi bo‘yicha kelgusida amalga oshiriladigan loyihalar yuzasidan maslahatlashuvlar o‘tkazishdi.