📊Bugun Urganch davlat universitetida “Jismoniy madaniyat sohasida ta’lim va o‘qitish sifatini takomillashtirish: muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
✅Dastlab tashkil etilgan anjumanning ochilish marosimida Rossiya, Germaniya, Ukraina kabi xorijiy davlatlarning sohaga ixtisoslashgan universitetlari olimlari, shuningdek, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti professor-o‘qituvchilari hamda oliygohga Germaniyaning Kyoln sport universitetidan jalb qilingan professorlari Georgiy va Lesya Korobeynikovalar ham ishtirok etdi.
🖥Konferensiyada oliy ta’limda jismoniy tarbiya va sport ta’limi, o‘qitish sifatini takomillashtirishning zamonaviy texnologiyalari, o‘qitish metodlari hamda spot sohasi samaradorligini oshirishda fiziologik, pedagogik-psixologik yondashuvlar va fanlararo integratsiyalashuv masalalari xususida taqdimotlar qilindi.