#xalqaro_hamkorlik
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori R.Matkarimov boshchiligidagi delegatsiya vakillari ayni kunlarda Xitoy davlatida xizmat safarida bo‘lib turishibdi.
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Xitoyning Pekin sport universiteti o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan bo‘lib, joriy yilning 14 may kuni Universitet rektori R.Matkarimov boshchiligidagi delegatsiya vakillari Pekin sport universiteti rektor boshchiligidagi rahbariyat tarkibi bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazishdi.
Uchrashuv davomida ikki oliygoh o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilinib, jismoniy tarbiya va sport sohasida malakali kadrlar tayyorlash, taʼlim jarayonini xalqaro standartlarga moslashtirish va boshqaruv tizimini raqamlashtirish, pedagogik va ilmiy salohiyatni yana-da oshirish hamda ilmiy tadqiqot ishlari sifatini tubdan yaxshilash, ilg‘or xorijiy sport-taʼlim texnologiyalarining transferini amalga oshirish hamda kelgusidagi istiqbolli loyihalar yuzasidan fikr almashildi.
Rasmiy uchrashuvdan so‘ng, universitetning amaliy dars mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan basketbol, voleybol, badminton stol tennisi, suzish, qilichbozlik, taekvondo, boks, gimnastika turlari hamda sport kurashlariga ixtisoslashgan yopiq sport inshootlari bilan yaqindan tanishishdi.
Uchrashuv yakunida Pekin sport universiteti jamoasi O‘zbekiston sport ta’limini rivojlantirishda o‘z tajribalari bilan yordam berishga tayyorligini bildirdi.