#ilmiy_anjuman
Maʼlumki, jismoniy tarbiya va sport sohasida malakali kadrlar tayyorlash, pedagogik va ilmiy salohiyatni yanada oshirish hamda ilmiy-tadqiqot ishlari sifatini tubdan yaxshilashda ilmiy anjumanlar ahamiyati katta.
Bugun universitetning Murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan ana shunday samaradorligi yuqori boʻlgan “Murakkab-texnik sport turlari oʻquv-mashgʻulot jarayonlarini rivojlantirish muammolari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi.
Oliygohning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Bahrom Musayevning kirish soʻzi bilan boshlangan anjumanda, kafedra masʼullari, professor-oʻqituvchilari, yosh tadqiqotchilar, magistrant va talabalar hamda onlayn tarzda mazkur sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislar ishtirok edi.
Anjuman davomida sportning murakkab-texnik turlarini rivojlantirish va mavjud muammolarni bartaraf etish olib borilayotgan izlanishlar, tahliliy natijalar, mazkur yoʻnalishdagi sportchilarning ratsional ovqatlanishi shuningdek, jismoniy tarbiya va sport tayyorgarliklarning tibbiy-biologik, ijtimoiy pedagogik va psixologik texnologiyalari kabi dolzarb mavzularda taqdimotlar qilindi.
Yakunda anjumanning faol ishtirokchilariga sertifikatlar topshirildi.