#saylov
#kafedra_yetakchisi
Joriy yilning 6-aprel kuni universitetning Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri, professor-o‘qituvchilar, tyutor hamda talabalar ishtirokida kafedra yoshlar yetakchisini saylash yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda yetakchi sifatida ko‘rsatilgan nomzodlarning saylov oldi dasturlari tinglanib, yakunda yunon-rum kurashi ixtisosligi talabasi Kamronbek O‘tkirov kafedra Yoshlar yetakchisi etib saylandi.
Shuningdek, shu kuni kafedra tyutori Rasbergan Nag'metullayev va o‘qituvchilar tashabbusi bilan oliygohning 3-sonli talabalar turar joyida talabalarning intellektual bilimini sinovdan o‘tkazish hamda Amir Temur tavalludiga bag‘ishlab “Zakovat” o‘yini o‘tkazildi.
Mazkur intellektual o‘yin talabalarga tarix haqidagi bilimlarini mustahkamlashga imkon berdi va yakunda g‘oliblarga “Zakovat” diplomlari topshirildi.