#talaba_yutuqlari
Xabaringiz bor, joriy yilning 1-3 mart kunlari poytaxtimizdagi muhtasham “Humo” arena sport saroyida dzyudo bo‘yicha Toshkent “Katta dubulg‘a” turniri bo‘lib o‘tdi.
Unda dunyoning 70 dan ortiq mamlakatidan tashrif buyurgan 500 nafarga yaqin sportchilar o‘rtasida bir-biridan shiddatli bahslar kechdi.
🌟Eng quvonarlisi, ushbu turnirda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi Muzaffarbek To‘raboyev ham ishtirok etib, finalda neytral maqomda qatnashgan raqibi Matvey Kanikovskiyni magʻlubiyatga uchratdi va yakunda🥇oltin medalga sazovor boʻldi. Shu tariqa, Toʻraboyev jahon va Parij-2024 Olimpiya oʻyinlari reytingi uchun 1000 ochkoni oʻz hisobiga qoʻshib qoʻydi.
📍Ma’lumot o‘rnida, hamyurtlarimiz ushbu nufuzli musobaqani umumjamoa hisobida Fransiya va Yaponiyadan keyin 3-oʻrinda yakunladi.
👏Shohsupaga ko'tarilgan sportchilarimizga g‘alaba muborak bo'lsin deb qolamiz!