#hamkorlik
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rahbariyati hamda agentlik vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida sohaga oid qarorlar ijrosini ta’minlash va agentlik faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bilan o‘zaro hamkorlik memorandumini imzoladi.
Unga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida uzoq muddatli, samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, antidoping taʼlimoti sohasida keng maʼlumotlar almashishni joriy qilish shuningdek, o‘quv va uslubiy faoliyat samaradorligini rivojlantirish, sportchi hamda trenerlarning ushbu sohadagi bilim va salohiyatini oshirish kabi muhim masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, memorandum doirasida ushbu sohadagi dolzarb mavzular bo‘yicha birgalikda ilmiy maqolalar, monografiyalar tayyorlash va nashr etish, seminarlar, respublika miqyosdagi konferensiyalar o'tkazish, malakali kadrlarni tayyorlash borasida xorijiy antidoping agentliklarining tajribasini o‘rganish ham maqsad qilib qo‘yilgan.