#Ilmiy_seminar
Jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yosh olimlar, mustaqil tadqiqotchilar, doktorantlar va talabalarni “Sport biomexanikasida 3DMA texnologiyasini qo‘llash metodikasi" mavzusidagi ilmiy seminariga taklif etamiz!
Ilmiy seminar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining sport biomexanikasi laboratoriyasi xodimlari tomonidan o‘tkaziladi.
O‘tkazilish sanasi va vaqti: Joriy yilning 12-dekabr kuni soat 10:00 da.
Manzil: Chirchiq sh. Sportchilar ko‘chasi, 19, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, “A” binosi, 1-qavat, 114-xona.
Tashkilotchi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti “Sport biomexanikasi laboratoriyasi”