#davra_suhbati
Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Tibbiyot fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirokida 1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan davra suhbati o‘tkazildi.
Unda mas’ullar tomonidan butun insoniyat oldidagi eng dolzarb muammolardan biri OIV va OITS kasalliklari, ularning kelib chiqish sababi va yuqish yo‘llari hamda bunday davosi og‘ir kasallikni yuqtirib olmaslik uchun doimo sog‘lom turmush tarzi tarafdori bo‘lish zarurligi haqida so‘z yuritildi. O‘z o‘rnida talabalarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.
Davra suhbati yakunida esa professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar tomonidan “Biz OITS ga qarshimiz” shiori ostida fleshmob tashkil etildi.