DIQQAT E’LON!
Aziz talaba yoshlar, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31-yilligi” bayrami munosabati bilan “Yangi Konstitutsiya – taraqqiyot qomusi" mavzusida tanlov tashkil etilmoqda.
Ushbu tanlovda barcha fakultet jamoalari Yangi Konstitutsiya haqida va huquq sohasidagi bilimlarini sinovdan o‘tkazadilar.
Tanlov joriy yilning 7-dekabr kuni soat 11:00 da universitetning Talabalar madaniyat saroyida bo‘lib o‘tadi.
Tanlov g‘oliblari quyidagi tartibda taqdirlanadi:
1-o‘rinni egallagan jamoa bazaviy stipendiyaning uch barobari miqdorida;
2-o‘rin egallagan jamoa bazaviy stipendiyaning ikki barobari miqdorida;
3-o‘rin egallagan jamoa bazaviy stipendiyaning bir barobari miqdorida rag‘batlantiriladi.
Qadrli talaba-yoshlar, barchangizni ushbu tanlovda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!
Tanlov nizomi fakultetlar mas'ullari orqali yetkaziladi.
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi.