#aksilkorrupsiya_oyligi
Ko‘pkurash sport turlari fakulteti talaba-yoshlari hamda Kurash fakulteti tarkibidagi kafedralar professor-o‘qituvchilari ishtirokida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan “Korrupsiya – rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida ochiq muloqotlar o‘tkazildi.
Unda universitet birinchi prorektori Sh.Mirzanov hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish “komlayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘lim boshlig‘i S.Risboyevlar tomonidan mavzuga doir tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, universitet talaba-yoshlari uchun Tarkibida giyohvandlik, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo'lgan dori vositalarini noqonuniy aylanishiga qarshi kurash oyligi doirasida ham tadbir tashkil etilib, soha mutaxassislari tomonidan kerakli ma'lumotlar berildi.