#master_klass
Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Xanchjou – 2022 XIX yozgi Osiyo o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan universitet magistrlari Alisher Turdiyev, Yuliya Borzova va Anatoliy Krasnovlar ishtirokida master-klass o‘tkazildi.
Unda oliygoh Magistratura bo‘limi boshlig‘i N.Xudayberganova, magistrantlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Master-klass davomida sportchilar Osiyo o‘yinlaridagi ishtiroki haqida o‘rtoqlashish bilan birga, xalqaro musobaqalarda qatnashish, xorijiy davlatlarning sport tizimi, shuningdek, sport faoliyatida olib boriladigan tayyorgarlik jarayonlari singari muhim masalalar bo‘yicha ham o‘z tajribalarini ulashishdi.
Barchada katta taassurot qoldirgan mazkur master-klass yakunida magistr va talabalar tomonidan qiziqarli savollar yo‘llanib, ularga atroflicha javoblar qaytarildi.