#xushxabar
Joriy yilning 5-9 noyabr kunlari Qozog‘istonning Turkiston shahrida o‘tkazilgan II Turkiy davlatlar universiadasi o‘yinlari o‘z nihoyasiga yetdi.
Unda O‘zbekiston delegatsiyasi o‘zining munosib ishtiroki bilan musobaqaning yetakchi davlatiga aylandi.
Terma jamoamiz sportchilari 15 ta oltin, 11 ta kumush hamda 10 ta bronza, jami 36 ta medal jamg‘arib umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Bugun esa mazkur universiada o‘yinlarida tarixiy natija qayd etgan sportchilarimiz tantanali ravishda kutib olindi.