#talaba_yutuqlari
Joriy yilning 6-8 noyabr kunlari Qozogʻiston Respublikasining Almati shahrida karatening WKF yoʻnalishi boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada qitʼamizning eng kuchli yosh karate ustalari oʻz mahoratlarini namoyish etishdi. Quvonarlisi, unda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Dzyudo, karate nazariyasi va uslubiyati kafedrasi talabalari ham qatnashib, faxrli oʻrinlarni egalladilar.
Unga ko‘ra: Sevinch Otabayeva -61 kg vazn toifasida kuchli raqiblarni yengib finalga yoʻl oldi va musobaqaning 🥈kumush medalini, Shodiya Ziyodullayeva esa -50 kg vazn toifasida 3-oʻrin uchun kechgan bahsda Eronlik raqibini yirik 8-0 hisobda mag‘lub etib, 🥉bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
Sportchilarimizga bundan-da yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz!