#eʼtibor
#mahalla_yoshlari
Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Mahmudjon Boltabayev boshchiligidagi rahbariyat jamoasi universitetning Yakkakurash sport turlari va Kurash fakultetiga biriktirilgan “Kamolat” hamda «Ahmad Yassaviy» mahallalarida istiqomat qilayotgan yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida universitet rektori tomonidan yoshlarning qiziqishlari, takliflari va ularni qiynayotgan muammolar tinglanib, ularning barchasiga oliygoh tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilishi qayd etildi. O‘z navbatida, yoshlarga universitetda tashkil etilgan sport to‘garaklari haqida maʼlumot berilib, mazkur to‘garaklarga qatnashishlarini alohida taʼkidladi.
Shuningdek, uchrashuv so‘ngida mahalla yoshlariga bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari maqsadida badiiy adabiyotlar to‘plami sovg‘a qilindi.