#talaba_yutuqlari
Kuni kecha Bahraynning Manama shahri mezbonlik qilgan qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Jahon kubogining navbatdagi bosqichi o‘z yakuniga yetdi.
Quvonarlisi, qizlar oʻrtasida kechgan bellashuvlar Oʻzbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli oʻtib, qilichbozlarimiz musobaqaning oltin medaliga sazovor bo‘lishdi.
Xususan, jamoaviy dasturda ishtirok etgan Gulistan Perdibayeva, Fernanda Errera, Nargiza Jaksibayeva hamda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi Samira Shokirova kvarteti barcha raqiblarni dogʻda qoldirib, final bellashuvida Bolgariya jamoasini 45:30 hisobida magʻlubiyatga uchratishdi.
Sportchi qizlarimizni mazkur yutuqlari bilan samimiy qutlaymiz!