Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning ayni vaqtda butun dunyoda katta tashvish va xavotir uyg‘otayotgan Isroil hamda Falastin o‘rtasidagi mojaroga bildirgan munosabati mazmun-mohiyatini talaba-yoshlarga yetkazish maqsadida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda universitet rektori, Mahmudjon Boltabayev yurtboshimizning mazkur hodisa bo‘yicha bildirgan munosabatining asl mazmun-mohiyatiga to‘xtalib, uning tag zamirida har qanday jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish g‘oyasi yotganligini aytib o‘tdi. Shu boisdan, talaba-yoshlarni atrofdagi voqelarga befarq bo‘lmasdan hamisha ogoh bo‘lishlari hamda turli oqimlar taʼsiriga tushib qolmaslikning yagona chorasi – ilm yo‘lidan borish va doimo ilim cho‘qqilarini zabt etish, halol va pok bilim olish kerakligi alohida taʼkidlandi.
Yakunda esa joriy yilning 26-oktyabr kuni Belarus davlat jismoniy tarbiya universiteti tomonidan o‘tkazilgan shaxmat bo‘yicha xalqaro onlayn turnirda g‘olib bo‘lgan talaba-yoshlar taqdirlandi.