Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Dzyudo, karate nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tashabbusi bilan dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi, 3 karra jahon, 2 karra Yevropa hamda Olimpiada chempioni Ilias Iliadis ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi.
Unda universitet Dzyudo, karate nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri Sh.Arslanov, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.
Mahorat darsi davomida Ilias Iliadis hamda talaba-yoshlar o‘rtasida samimiy suhbat kechib, unda dzyudo sport turi bo‘yicha bugungi kunda erishilayotgan yutuqlar, yuzaga kelayotgan muammolar hamda Parij – 2024 Olimpiadasiga sportchilarning tayyorgarlik jarayonlari borasida so‘z bordi. O‘z o‘rnida, tadbir qahramoni talabalar tomonidan berilgan barcha savollarga atroflicha javob qaytardi.
Yakunda faxriy mehmonga kafedra masʼullari tomonidan mazmunli suhbat uchun tashakkur izhor etilib, unga esdalik sovg‘alari topshirildi.