Joriy yilning 26 oktyabr kuni Belarus davlat jismoniy tarbiya universiteti tomonidan “Tinchlik va bunyodkorlik yili”ga bag‘ishlangan shaxmat bo‘yicha xalqaro onlayn turnir o‘tkazildi.
Onlayn turnirda Belarus Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasidan 26 ta oliy taʼlim muassasalaridan jami 124 nafar talaba ishtirok etdi.
Onlayn turnir natijalariga ko‘ra, shaxsiy bahslarda o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:
O‘g‘il bolalar o‘rtasida:
1-o‘rin - Tsaruk Maksim (BDJTSTU)
2-o‘rin – Sharipov Davron (O‘zDJTSU)
3-o‘rin - Dmitriy Tsoy (RSU «RDJTSU»).
Qizlar orasida:
1-o‘rin - Aleksandra Tarasenko (BMTU)
2-o‘rin - Polyakova Varvara (BDJTSU)
3-o‘rin – Bobomurodova Maftuna (O‘zDJTSU)
Jamoaviy musobaqada:
1-o‘rin – BMTU (Tarasenko Aleksandra, Tsaruk Maksim)
2-o‘rin – O‘zDJTSU (Bobomurodova Maftuna, Sharipov Davron)
3-o‘rin – BDJTSU (Polyakova Varvara, Naumovich Yaroslav)