#e’tirof
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida iqtidorli sportchilar bilan birga, ijodkor talaba-yoshlar ham talaygina. Ana shunday ijodkor talabalarimizdan biri bo‘lgan oliygohning 1-bosqich magistranti Kamola Po‘latova, sportdan tashqari shoira sifatida ham yaxshigina qalam tebratadi. Uning sherlari nafaqat yurtimiz, balki Hindiston va AQSh kabi xorijiy davlat yoshlari tomonidan ham sevib mutolaa qilinadi.
Kamolaning ayniqsa, yurtimiz sharafini xalqaro musobaqalarda munosib himoya qilib kelayotgan bokschilarimizga atab yozgan she’rlari doimo sportchilar tomonidan iliq kutib olingan. Shu munosabat bilan kuni kecha Kamola Po‘latovaga O‘zbekiston boks federatsiyasi tomonidan “The best sports poetess” ya’ni “Eng zo‘r sport shoiri” unvoni topshirildi!
Unvon muborak Kamola!