Kuni kecha Olimpiya shon-shuhrati muzeyida Oʻzbekiston faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi va Oʻzbekiston sport faxriylari kengashi bilan hamkorlikda bir guruh sportimiz faxriylariga I darajali “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Quvonarlisi, jamgʻarma Vasiylik kengashining qarori bilan uzoq yillar yurtimiz sportining rivojiga hissa qoʻshgan mazkur sport faxriylari orasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining ikki nafar professor-o‘qituvchilari – Lev Yugay hamda Klara Shokirjonovalar ham I darajali “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanishdi.
O‘z navbatida, oliygoh jamoasi ustozlarimizni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy qutlaydi!
Ma'lumot o'rnida, shunday mukofot bilan universitet faxriy professori Nabiullin Rishat Xismatullovich ham taqdirlangan.