Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Sportni boshqarish fakultetining Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasi tashabbusi bilan Texasning Austin shahrida joylashgan sunshinepoint.io kompaniyasi asoschilaridan biri, raqamli texnologiyalarni yaratish va ularni ommaga taqdim qilish bo‘yicha 10 yildan ortiq tajribaga ega mutaxassis Farhod Furqatov ishtirokida “Sport va Biznes” motivatsion treningi tashkil etildi.
Unda fakultet hamda kafedra mas’ullari, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Treningda Farhod Furqatov tomonidan talabalarga inson o‘z faoliyati davomida qanday qilib biznes boshlashi, xususan, sportda biznesining funksiyalari nimalardan iborat ekangligi shuningdek, har qanday muvaffaqiyat ortida faqatgina tinimsiz izlanishlar yotishi kabi o‘ziga xos taqdimot qilindi hamda bu yo‘nalishdagi boy tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Eng ahamiyatlisi, taqdimotni katta qiziqish bilan kuzatib borgan talaba-yoshlar mutaxassisga o‘zlarini qiziqtirgan savollarini yo‘llashi treningning yana-da jonli bo‘lishini ta’minladi.
Yakunda F.Furqatovga kafedra vakillari tomonidan bugungi mazmunli trening uchun tashakkur bildirilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.