#til_bayrami
#tadbir
Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunning 34 yilligi munosabati bilan Sport o‘yinlari fakulteti hamda O‘zbek va chet tillari kafedrasi tomonidan “Til borki, millat yashar” mavzusida badiiy-musiqiy tadbir o‘tkazildi.
Unda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, harbiylar va talabalar ishtirok etishdi. Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar til – insoniyat uchun buyuk ne’mat, mislsiz boylik va o‘lmas qadriyat ekanligi to'g'risida o'z fikr-mulohazalarini bildirishdi. Eng asosiysi, o‘zbek tili AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Turkiya va shu kabi bir qator davlatlarning 60 ga yaqin universitetlari, 100 dan ziyod maktablarida o‘rganilayotganligi alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, tadbir davomida sportchi talaba-yoshlar ishtirokida ko‘rgazmali chiqishlar, sahna ko‘rinishlari, ifodali o‘qilgan sher va jozibador raqslar, kuy-qo‘shiqlarning barchasi yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Yakunda oliygohning bir qator o‘qituvchilariga bayram munosabati bilan sport ta’limi sohasida samarali faoliyati hamda davlat tili targ‘ibotidagi fidoyiligi uchun tashakkurnomalar topshirildi.