#aksiya
O‘zDJTSUda tashkil etilganidan buyon qizg‘in davom etib kelayotgan "Rahbarning universitetga 10 ta badiiy adabiyot sovg‘asi" aksiyasida oliygohning barcha rahbar xodimlari faollikni qo‘ldan boy berayotganlari yo‘q.
Bugun ushbu aksiya doirasida Yakkakurash sport turlari fakulteti dekani V.Anashov tomonidan oliygoh kutubxonasiga Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar”, “Mehrobdan chayon”, Asqad Muxtorning “Chinor”, shuningdek, mashhur turk yozuvchisi Rashod Nuri Guntekinning “Choliqushi” kabi ajoyib asarlar to‘plami topshirildi.