Kuni kecha O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Futbol fakulteti hamda Futbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tashabbusi bilan Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi 45-umumta’lim maktabiga “Kitob karvoni” tashkil etildi.
Mazkur tadbir doirasida o‘quvchi-yoshlar uchun mini-futbol bo‘yicha universitet talabalari bo‘lgan - O‘zbekiston milliy terma jamoa a’zolari, Jahon chempionati sovrindorlari: Dilshod Raxmatov, Farxod Аbdumavlonov, Аbdullo Salixovlar tomonidan qiziqarli mahorat darsi o‘tkazildi. Yakunda esa fakultet jamoasi nomidan maktab o‘quvchilariga esdalik sovg‘alari shuningdek, 110 dona badiiy adabiyotlar to‘plami topshirildi.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu tadbir O'zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 7-apreldagi “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash hamda yoshlarning futbolga qiziqishini oshirish, bu boradagi targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.