Kuni kecha O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida yuqori saviyada o‘tkazib kelinayotgan “Talabalar ligasi” musobaqalari Futbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi talaba-yoshlari bilan davom ettirildi.
Musobaqa davomida 100 ga yaqin talabalar futbol sport turidan 7 ta jamoaga bo‘lingan holda g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur kafedra talaba-yoshlari ishtirokidagi sportning stol tennisi, shaxmat, voleybol hamda basketbol turlari bo‘yicha o‘yinlar bugun bo‘lib o‘tadi.