Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularni ommaviy sport turlariga keng jalb qilish maqsadida “Talabalar ligasi” musobaqasining universitet bosqichi boshlandi.
Unda oliygohning Sport o‘yinlari fakultetidagi mavjud kafedra talaba-yoshlari “Talabalar ligasi” doirasiga kiruvchi sportning basketbol hamda stol tennis turlaridan o‘zaro bahslarga kirishishdi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqadan o‘rin olgan shaxmat, mini-futbol va voleybol sport turlari bo‘yicha o‘yinlar reja-grafik asosida davom etadi.