#besh_tashabbus_olimpiadasi
“Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari bo‘yicha Universitet birinchiligining ikkinchi kun tafsilotlari
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida bir necha kunlardan buyon yuqori saviyada o‘tkazilayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi” Universitet birinchiligining ikkinchi kuni ham kutilgan va kutilmagan jarayonlarga boy bo‘ldi.
Bugun oliygohning 7 ta fakultet talabalaridan iborat terma jamoalar sportning mini-futbol hamda stritbol turlaridan o‘z kuchlarini sinab ko‘rishdi.
Bahslar yakunida esa mini-futbol bo‘yicha:
1-o‘rin – Futbol fakulteti;
2-o‘rin – Sportni boshqarish fakulteti;
3-o‘rin – Qishki sport turlari va paralimpiya fakulteti talaba-yoshlariga nasib etdi.
Stritbol sport turida esa Sport o‘yinlari fakultetining ham yigit ham qizlar jamoasi birinchilikni qo‘lga kiritishdi.