Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Kurash hamda Ko‘pkurash fakultetlarida tahsil olayotgan talaba-yoshlarning ota-onalari ishtirokida bo‘lib o‘tgan navbatdagi “Ota-onalar forumi” universitet rektori M.Boltabayevning kirish so‘zi bilan boshlandi.
Rektor o‘z so‘zi davomida har bir soha, jumladan jismoniy tarbiya va sport sohasida ham malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj yuqori ekanligi, bunda esa “Universitet hamda oila” o‘rtasida uzilmas ko‘prik hosil qilishni, tashkil etilayotgan mazkur forumning asosiy maqsadi ota-onalar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish asnosida, farzandlari tarbiyasi va o‘qishlarini yakdillik bilan nazorat qilishdan iborat ekanligini taʼkidlab o‘tdi.
O‘z navbatida forum davomida ham ota-onalarning fikrlari tinglandi va ularning bir guruhiga tashakkurnomalar topshirildi. Tadbir so‘ngida mehmonlar oliygohdagi Talabalar turar joylari, sport inshootlarida yaratilgan sharoit hamda beqiyos qulayliklarni ko‘zdan kechirishdi.