Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Talabalar turar joyiga Toshkent viloyati IIBB huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Sh.Sodiqova talabalarga yaratilgan sharoitlar, ichki-tartib va xavfsizlik choralari ko‘rilganlik holati bilan yaqindan tanishish maqsadida tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Sh.Sodiqova universitet birinchi prorektori Sh.Mirzanov boshchiligidagi rahbar xodimlar hamrohligida turar joyda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
Shuningdek, mas’ul xodim yotoqxonaga joylashgan talabalar bilan uchrashib, har bir yoshni u yoki bu turdagi jinoyatchilik va huquqbuzarlik sodir etishdan saqlanish hamda jamiyatda yurish-turish qoidalariga amal qilib, yuksak malakali kadr bo‘lib yetishish sari intilishi lozimligini ta’kidladi.