Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida navbatdagi mustaqillik darsi tashkil etildi.
Unda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi “Maʼrifat” targʼibotchilar jamiyati a'zosi, Xalq deputatlari Toshkent viloyat kengashi deputati G.Аxmedova, markazning Qibray tuman bo‘linmasi rahbari Z.Mirzayusupov, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira G.Jumayeva, universitet Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi perorektor Sh.Mirzanov, professor-o‘qituvchilar hamda talaba- yoshlar ishtirok etishdi.
Dars davomida mehmonlar, talabalarga davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar uchun yaratilayotgan beqiyos imkoniyatlar va Milliy mustaqilligimiz Yangi O‘zbekistonning mustahkam poydevori bo‘lib xizmat qilishga zamin bo‘layotganini o‘zlarining samimiy fikrlari va she’rlarida ifoda etishdi.
Yakunda esa mehmonlarga universitet rahbariyati tomonidan tashakkurnomalar topshirildi.