Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 2023/2024-o‘quv yili amaliyotini to‘g‘ri va samarali tashkil qilish yuzasidan oliygohning Yakkakurash hamda Ko‘pkurash sport turlari fakultetlari 3-bosqich talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Unda Marketing va talabalar bandligini taʼminlash bo‘limi boshlig‘i J.Jumaniyazov, Yakkakurash sport turlari fakulteti dekani V.Anashov va Ko‘pkurash sport turlari fakulteti dekani A.Tangriyev, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda masʼullar tomonidan talabalarning 2023/2024-o‘quv yilida amaliyotni o‘zlari istiqomat qiladigan mahallarda o‘tash bilan birga, u yerda besh bosqichli ommaviy sport turlari bo‘yicha musobaqalarni tashkillashtirishda ham faol qatnashishlari, shuningdek, amaliyot kundaligi va hisobotini yuritish to‘g‘risida kerakli maʼlumotlar berildi. O‘z o‘rnida talaba-yoshlar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi.
Eslatib o‘tamiz, universitetda amaliyot tartibdagi bunday o‘zgarish 2022-2023-o‘quv yilida joriy qilingan edi.