Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga Litva sport universiteti dotsenti Gediminas Mamkus tashrif buyurdi.
Dastlab, faxriy mehmon universitetning Paralimpiya fakulteti, dekani, professor S.Tojiboyev hamrohligida oliygoh muzeyini ko‘zdan kechirib, u yerdagi mavjud eksponatlar tarixi bilan tanishdi.
Shundan so‘ng, Gediminas Mamkus tomonidan universitet professor-o‘qituvchilari, doktorantlar hamda talabalar uchun “O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida masofaviy sport ta’limini tashkil etish” mavzusidagi xalqaro amaliy loyiha bo‘yicha seminar o‘tkazildi. Seminar davomida masofaviy sport ta’limini samarali tashkil etish va uning bosqichlari, tamoyillari to‘g‘risida so‘z yuritilishi bilan birga, Litva sport universiteti haqida ham qisqacha ma’lumot berib o‘tildi.
Eslatib o‘tamiz, Gediminas Mamkusning O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetidagi tashrifi davom etadi…