#Yekaterinburg_sport_festivali_2023
Ayni vaqtda, Rossiyaning Yekaterinburg shahrida dunyoning 36 davlatidan kelgan talabalar ishtirokidagi Xalqaro universitetlar sport festivali qizg‘in bahslarga boy tarzda davom etmoqda.
Unda munosiblar safida ishtirok etayotgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining iqtidorli sportchi-talabalari ham qator yutuqlarni qo‘lga kiritishdi. Jumladan, boks sport turi bo‘yicha: -63,5 kg Aydos TAGABAYEV – oltin medal, -51 kg Muhammaqodir MAMIRJONOV, -92 kg Arman MAHANOV va -63 kg Mohinabonu ABDULLAEVAlar – bronza medali hamda -60 kg Dilshod ABDUMURODOV – kumush medalini qo‘lga kiritishdi. Suzish sport turidan esa Anastasiya Zelinskakaya – 1500 m masofaga erkin suzish usulida yuqori natija bilan musobaqaning kumush medaliga sazovor bo‘ldi.
Sportchi-talabalarimizni erishgan g‘alabalari bilan samimiy qutlaymiz!