Qayd etish kerakki, mazkur oylik doirasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida samarali ishlar amalga oshirildi va bu jarayon hamon qizg‘in davom etmoqda.
Jumladan, oliygohning bino va inshootlari mukammal va joriy ta’mirlangan bo‘lib, ularda qurilish va ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazildi. Universitet hududidagi mavjud 3000 ta daraxtning 300 tasi oqlanib, 270 tasining qurigan shoxlari tartibga keltirildi va shakl berildi. Undan tashqari hududdagi ariq, zovur va lotoklar tozalangan holda, mavsumiy gul ko‘chatlari, yangi daraxtlar ekish ishlariga ham katta e’tibor qaratildi.
Shuningdek, sport maydonlari tartibga solinib, o‘tlari o‘rildi hamda ulardagi sport anjomlari sozlandi va buyash ishlar amalga oshirildi. Jami 108 ta bo‘lgan sinf xonalari esa yangi o‘quv yiliga tayyor holatga keltirildi. Qolaversa, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, avtomobillar turar joylarida ham obodonlashtirish yuzasidan zaruriy choralar ko‘rildi.
Bir so‘z bilan aytganda, sportchilar oilasi jamoasi “Obodonlashtirish oyligi” doirasida oliygoh hududini obod va ko‘rkam qilishdagi faollikni davom ettirishmoqda!