O'zDJTSU talabasi Nomozov Qurbonmurod - Osiyo chempioni!
🇮🇳 Hindistonning Dehli shahrida bo'lib o'tayotgan og'ir atletika bo'yicha yoshlar va o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida bir yo'la ikki nafar talabamiz shohsupaga ko'tarildi.
Universitetning og‘ir atletika yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Nomozov Qurbonmurod 109 kg vazn toifasida ishtirok etib barcha yo'nalishlarda oltin medalga sazovor bo'ldi. Dast ko'tarish mashqida 160 kg, siltab ko'tarishda 200 kg va ikkikurash natijalariga ko'ra, eng yaqin taqibchisi Eronlik Zare Kourushdan 11 kg o'tib ketib terma jamoamiz hisobiga 3 ta oltin medalni taqdim qildi.
Yana bir talabamiz - Abdullayev Amir eng og'ir vazn toifasi +109 kg vaznda qatnashib sovrindorlar qatoridan joy oldi. Hamyurtimiz dast ko'tarishda157 kgni o'ziga bo'ysindirib bronza medaliga ega chiqdi.