🇨🇳 Xitoyning Chendu shahrida davom etayotgan XXXI Butunjahon yozgi Universiada o‘yinlarida ishtirok etib, bellashuvlarni muvofaqiyatli yakunlagan sportchilarimiz bugun yurtimizga qaytib kelishdi.
Ular Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida rasmiylar va keng jamoatchilik vakillari hamda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan kutib olindi.
Ma'lumot uchun, Butunjahon yozgi Universiada o‘yinlarida dzyudochilarimiz Kamoliddin Baxtiyorov (-60 kg vaznda) bronza, Nurbek Murtazoyev (- 81 kg vaznda) kumush medallarini qo’lga kiritishdi. Shuningdek, o'g'il bolalar o'rtasidagi jamoaviy bellashuvlarni vakillarimiz kumush medali bilan yakunlashdi.
Delegatsiyamiz hisobidagi medallar hozircha 8 ta kumush va 4 ta bronzani tashkil etmoqda.
Chenduda musobaqalar davom etmoqda