Chendu_2021: O‘zDJTSU talabalari yana shohsupada
Xabar berganimizdek, Xitoyning Chendu shahri mezbonligida o'tayotgan Butunjahon yozgi Universiada o'yinlarida 32 nafar O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining sportchi talabalari ham ishtirok etishmoqda.
Bugun musobaqalarda ishtirok etgan dzyudochilararimiz o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi jamoaviy bellashuvlarni muvofaqiyatli yakunlashdi va kumush medalga ega chiqishdi.
Ushbu g‘alabaga talabalarimizdan -90 kg vaznda Muhammadali Tangriyev,- 100 kg vaznda Muhammadqodir Mansurov o‘z hissalarini qo‘shishdi.
Shuningdek, universitetimizning taekwondo yo‘nalashi talabasi Amirbek To'rayev Chendu Universiadasi kumush medali sohibiga aylandi.
-58 kg vazn toifasida oltin medali uchun o’tkazilgan final bahsida Amirbek To’rayev eronlik Alirizo Husaynpur bilan to’qnash keldi. Hal qiluvchi bahsda hamyurtimizga afsuski, biroz omad yetishmadi.
Ushbu g‘alabalar bilan barcha sportchilarimizni tabriklaymiz!