Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi qaror va farmonlar mazmun-mohiyati, ijrosi, universitetda yoshlar, ma’naviyat va ma’rifat, Xotin-qizlar Kengashi hamda oliygoh jamoat tashkilotlarining yillik faoliyati bo‘yicha hisobotlari tinglandi. Shuningdek, kafedralarning sport federatsiyalar bilan hamkorligi hamda boshqa turli masalalar yuzasidan ham muhokamalar o‘tkazildi.
Yig‘ilish yakunida esa universitet rektori Maxmudjon Boltabayev tomonidan ko‘rib o‘tilgan barcha masalalar bo‘yicha mas’ullarga zaruriy topshiriqlar berildi.